Bugun 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
Tadbir davomida o‘quvchilar faol ishtirok etib:
💃 chiroyli raqslar,
🎭 kulgili sahna ko‘rinishlari,
📜 she’rlar bilan chiqish qildilar.
Shuningdek, ustozlarimiz ham sahnaga chiqib, go‘zal qo‘shiqlar ijro etib, bayramga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladilar. Tadbir juda samimiy, quvonchli va bayramona muhitda o‘tdi. Barcha ishtirokchilar va mehmonlar ko‘plab ijobiy taassurotlar oldilar. Fursatdan foydalanib, barcha xotin-qizlarni 8-mart bayrami bilan samimiy tabriklaymiz!
Ularga sihat-salomatlik, baxt-saodat va bahoriy kayfiyat tilaymiz!




