Rivojlangan davlatlar tajribasi, yosh psixologlar uchun ilmiy adabiyotlar va attestatsiya jarayonlariga oid taklif — Vazir psixologlar bilan uchrashdi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, Ta’limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi direktori Yuliya Risyukova v.v.b maktab psixologlari bilan ochiq muloqot qildi.
Unda 200 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashib, o’z savol va takliflarini bildirishdi.
Muloqot davomida jumladan:
➖psixologlar uchun kasbiy rivojlanish treninglarini muntazam yo‘lga qo’yish,
➖attestatsiya sinovlarida amaliyotga bog‘langan savollar sonini ko‘paytirish,
➖ “Yil psixologi” tanlovini joriy etish kabi ko‘plab taklif hamda sohaga oid fikr-mulohazalar tinglandi.
➖ Ma’lumot o‘rnida: ushbu muloqot “Oʻquvchi shaxsiyatini shakllantirish va psixoemotsional holatdagi muammolar va ularni oldini olish” mavzusidagi treninglar doirasida bo‘lib o’tdi.