Yunusobod tumanidagi "Nurli kelajak" nomli 43-sonli tayanch davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari oʻrtasida o'tkazilgan musobaqa chinakam bayramga aylandi
Shu kunlarda jajji o'g'il-qizlar o'rtasida an'anaviy shaxmat festivallari qizg'in davom etmoqda. Jumladan, Yunusobod tumanidagi "Nurli kelajak" nomli 43-sonli tayanch davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari oʻrtasida o'tkazilgan musobaqa chinakam bayramga aylandi.
Kichkintoylarining shaxmat sport turiga qiziqishlarini yanada oshirish, ularning aqliy va ijodiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida o'tgan bahslar g'olib hamda sovrindorlari diplom, esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. G'oliblar tuman bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.