Yunusobod tumanidagi 43-sonli tayanch davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Metodik mahorat kuni” loyihasi doirasida o'tkazilgan navbatdagi o'quv-amaliy seminar bahs-munozaralarga boy tarzda kechdi

Unda tumandagi 26 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktor o'rinbosarlari o'quv-amaliy mashg'ulotlarda faol ishtirok etib, o'zaro fikr va tajriba almashish imkoniga ega bo'ldilar. Seminar yakunida mazkur loyihada faol ishtirok etgan qatnashchilarga tashkilotchilar tomonidan maxsus sertifikatlar topshirildi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati