Toshkent shahar Yunusobod tuman 43-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

11 - sinf o'quvchilari ishtirokida profilaktik suhbatlar olib borildi


Yunusobod tumani 43-maktab MMIBDO' F.G'aybullaev va S.Bekchanova, psixolog Y.Tursunova tomonidan 11-sinf o'quvchilari ishtirokida, maktab rahbariyati A.Ataev  va Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati boshlig'i podpolkovnik Q.P.Xudayberganov,  IIBB YHXB YPXB 3-batalyon 6-safarbarlik guruhi katta inspektori kapitan S.Usarovlar  ishtirokida "Xavfsiz va So'g'lom yurt" oyligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
Mavzuga doir: So‘ngi qo‘ng‘iroq kunlari maktab o'quvchilari bilan turli ko'rinishdagi huquqbuzarliklarni oldini olish, o'quvchilar  orasida tegishli hujjatlarsiz transport vositasini boshqarmaslik borasida profilaktik suhbatlar olib borildi.  Yo‘l harakati qoidalari buzilganda "YPX" yuzaga kelishi va uning oqibatlari haqida qisqa metrajli video rolik orqali ko‘rsatildi va mavzu bo'yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, yo‘l harakati boshqarmasi tomonidan yozilgan ko‘rgazmali eslatmalar tarqatildi va o'quvchilar tomonidan qiziqtirgan savollarga javob  olindi.



Смотреть все