Toshkent shahar Yunusobod tuman 43-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

Umumta’lim maktablari direktorlari va pedagoglari diqqatiga!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda “Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan umumta'lim maktablarining koreys tili o‘qituvchilarini kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul davom etmoqda. (https://t.me/uzedu/35253)

Ushbu kurslar:

➖ joriy yilning iyul — avgust oylarida — oflayn ta’lim shaklida;
➖ sentabr — (2026-yil) yanvar oylarida — masofaviy (online) ta’lim shaklida bo'lib o'tadi.

Ushbu kursda bakalavr darajasidan kam bo‘lmagan oliy ma’lumotga ega:

➖ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari (o‘zbek, rus, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillari);  
➖ chet tili fani o‘qituvchilari;
➖ rus tili fani o‘qituvchilari;
➖ davlat tili (o‘zbek tili) fani o‘qituvchilari;
➖ filologiya va chet tillar bo‘yicha kadrlar tayyorlash sohasi mutaxassislari ishtirok etishi mumkin:.

🌐 Pedagoglar mazkur kursda ishtirok etishlari uchun qaytatayyorlov.kl@gmail.com elektron pochta manziliga quyidagi hujjatlar nusxalari hamda ma‘lumotlarni yuborishlari lozim:

➖Oliy ma’lumot diplomi nusxasi;
➖Pasport nusxasi;
➖Maktab rahbariyati tomonidan berilgan rasmiy yo‘llanma;
➖Telefon raqami;
➖Elektron pochta manzili.

⏳ Hujjatlar qabuli 2025-yil 5-iyuliga qadar davom etadi.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun +998500036179 raqami bilan bog‘lanishingiz mumkin.

Смотреть все